ILMIYHAMROH ← Bosh sahifa
Ilmiyhamroh · Hujjatlar

Ommaviy oferta

Ilmiyhamroh xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi: xizmatlar, tariflar, muddatlar va tomonlarning majburiyatlari.

Tahrir sanasi: 06.11.2026YaTT Nurmuhammedov B.B.

1.Umumiy qoidalar

  1. 1.1.
    Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga muvofiq ommaviy oferta (ochiq taklif) hisoblanadi.
  2. 1.2.
    Ijrochi va to‘lov oluvchi — yakka tartibdagi tadbirkor Nurmuhammedov Baxtiyor Bahodirovich (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv № 5669073, 09.10.2023, Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi). To‘liq rekvizitlar «Aloqa va rekvizitlar» sahifasida keltirilgan.
  3. 1.3.
    «Ilmiyhamroh» dasturining muallifi va olib boruvchisi — yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent Nurmuhammedova Go‘zalxon Bahodirovna.
  4. 1.4.
    Xizmat haqini to‘lash ushbu oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilish (aksept) hisoblanadi va yozma shaklda tuzilgan shartnomaga tenglashtiriladi. Xizmat haqini to‘lagan shaxs bundan buyon «Buyurtmachi» deb ataladi.
  5. 1.5.
    Ijrochi oferta shartlarini o‘zgartirishi mumkin. O‘zgarishlar saytda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va o‘zgarishdan oldin to‘langan xizmatlarning shartlariga ta’sir qilmaydi.

2.Shartnoma predmeti

  1. 2.1.
    Ijrochi Buyurtmachi tanlagan tarif doirasida dissertatsiya tadqiqotini tuzish bo‘yicha axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar haqini to‘laydi.
  2. 2.2.
    Xizmatlar maslahat xususiyatiga ega va ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ta’lim faoliyati hisoblanmaydi.
  3. 2.3.
    Ijrochi dissertatsiya matnini yozmaydi, ma’lumotlarni yig‘maydi va soxtalashtirmaydi.
  4. 2.4.
    Tadqiqot mualliflik huquqi va uning mazmuni uchun javobgarlik to‘liq Buyurtmachida qoladi.

3.Tariflar va xizmatlar tarkibi

  1. 3.1.
    Asosiy tariflar: «Standart», «Nomzod», «Olim» va «VIP-Individual». «Ideal himoya» va «Dissertatsiya ekspertizasi» alohida xizmatlar hisoblanadi. Barcha narxlar O‘zbekiston so‘mida ko‘rsatilgan.
Xizmat tarkibiStandartNomzodOlimVIP-Individual
10 ta amaliy videodars✓✓✓✓
8 ta nazariy modul videodarslari (ilmiy apparat)✓✓✓✓
SI ni to‘g‘ri sozlash va undan to‘g‘ri foydalanish✓✓✓✓
Bitta darsning o‘zida dissertatsiya yozishni boshlash✓✓✓✓
Savol-javob—✓sessiyalarsessiyalar
Har oyda Zoom uchrashuv——Zoom orqali qo‘llab-quvvatlash—
Shaxsiy fidbek—✓✓✓
Dissertatsiya ekspertizasi—dissertatsiya yakunida✓✓
24/7 shaxsiy chat orqali qo‘llab-quvvatlash——✓✓
«Ideal himoya» dasturi (3 modul, 3.3-band)———✓
Kurs davomiyligi3 oy6 oy12 oy12 oy, qo‘llab-quvvatlash himoyagacha
Narxi, so‘m5 900 0006 500 00012 900 00017 900 000
  1. 3.2.
    Asosiy tariflar uchun bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud (ushbu ofertaning 4.3-bandi).
  2. 3.3.
    «Ideal himoya» — dissertatsiyasi tayyor bo‘lgan Buyurtmachilar uchun himoyaga tayyorgarlik dasturi. 3 ta moduldan iborat: dastlabki himoya, himoya, hujjatlar. Tarkibi: kafedra muhokamasi; ilmiy seminar va himoyaga tayyorgarlik; taqdimot tayyorlash; taqrizchilarga javob va savol-javob odobi; nutq so‘zlash odobi; rasmiylashtiriladigan hujjatlar; himoyaga chiqishda rasmiylashtiriladigan hujjatlar; antiplagiat — 4 tilda javob yozish. Narxi: mustaqil format — 3 900 000 so‘m, individual format — 6 500 000 so‘m. «Ideal himoya» dasturi «VIP-Individual» tarifi tarkibiga qo‘shimcha haqsiz kiritilgan.
  3. 3.4.
    «Dissertatsiya ekspertizasi» — uch bosqichli tekshiruv: 1) 40–80 bet hajmidagi elektron variant tekshiriladi; 2) har bir paragraf qo‘lda tekshiriladi va izohlar tadqiqotchiga beriladi; 3) tadqiqotchi kamchiliklarni to‘g‘rilagandan keyin ish yana umumiy ko‘rib chiqiladi. Tuzilma, ilmiy apparat, metodologiya, xulosalar va OAK talablariga muvofiqlik tekshiriladi. Natijada kamchiliklar ro‘yxati, tavsiyalar va PDF shaklidagi yozma ekspert xulosasi beriladi. Narxi: PhD dissertatsiya — 1 190 000 so‘m, DSc dissertatsiya — 1 790 000 so‘m.

4.Narx va to‘lov tartibi

  1. 4.1.
    Xizmatlar narxi O‘zbekiston so‘mida belgilanadi va so‘mda to‘lanadi. Amaldagi narxlar ushbu ofertaning 3-bo‘limida va saytning «Kurslar» bo‘limida ko‘rsatilgan.
  2. 4.2.
    To‘lov Click, Payme, Uzum Nasiya (muddatli to‘lov) tizimlari orqali yoki Ijrochining hisob raqamiga bank o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi. Batafsil tartib «To‘lov usullari» sahifasida keltirilgan.
  3. 4.3.
    Buyurtmachi 100% oldindan to‘lash yoki bo‘lib to‘lashni tanlaydi. Uzum Nasiya orqali muddatli to‘lovda muddat va oylik to‘lov miqdori Uzum Nasiya shartlari asosida belgilanadi. Boshqa usulda bo‘lib to‘lash shartlari xizmat boshlanishidan oldin individual kelishiladi. «Ideal himoya» mustaqil formati uchun bo‘lib to‘lash cheklanishi mumkin.
  4. 4.4.
    To‘lov pul mablag‘lari Ijrochining hisob raqamiga tushgan yoki to‘lov tizimi tranzaksiyani muvaffaqiyatli tasdiqlagan paytdan amalga oshirilgan hisoblanadi. To‘lovni elektron chek, bank kvitansiyasi yoki to‘lov topshiriqnomasi tasdiqlaydi.

5.Xizmat ko‘rsatish muddati va tartibi

  1. 5.1.
    Xizmatlardan foydalanish muddati birinchi to‘lov sanasidan boshlab hisoblanadi:
    • «Standart» — 3 oy;
    • «Nomzod» — 6 oy;
    • «Olim» — 12 oy;
    • «VIP-Individual» — 12 oy, qo‘llab-quvvatlash dissertatsiya himoyasiga qadar davom etadi;
    • «Ideal himoya» (ikkala format) — 6 oy.
  2. 5.2.
    Alohida buyurtma qilingan dissertatsiya ekspertizasining muddati to‘lovdan oldin kelishiladi.
  3. 5.3.
    Xizmatlar asosan masofaviy ko‘rsatiladi: videodarslar EXODE ilovasida (iOS va Android), uchrashuvlar va maslahatlar Zoom, Telegram va elektron pochta orqali. Kelishuvga ko‘ra Toshkentda yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilishi mumkin.
  4. 5.4.
    Individual uchrashuvlar vaqti Ijrochi tomonidan kamida 24 soat oldin belgilanadi. Buyurtmachi uchrashuvni boshlanishiga 12 soatdan kam vaqt qolganda bekor qilsa, uchrashuv o‘tkazilgan hisoblanadi.
  5. 5.5.
    Bir oqimdagi o‘rinlar soni cheklangan: «Nomzod» — 10 ta, «Olim» — 5 ta, «VIP-Individual» — 3 ta. «Standart» va «Ideal himoya» uchun belgilangan cheklov yo‘q.

6.Tomonlarning huquq va majburiyatlari

Ijrochi majburiyatlari

  1. 6.1.
    Tanlangan tarif doirasida xizmatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish.
  2. 6.2.
    Buyurtmachi taqdim etgan materiallarning maxfiyligini saqlash.
  3. 6.3.
    Xizmat ko‘rsatish jadvalini oldindan e’lon qilish.

Buyurtmachi majburiyatlari

  1. 6.4.
    Xizmat haqini o‘z vaqtida to‘lash.
  2. 6.5.
    Topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish va uchrashuvlarda qatnashish.
  3. 6.6.
    Tadqiqotning ilmiy halolligi va mualliflikni ta’minlash.
  4. 6.7.
    Metodik materiallarni uchinchi shaxslarga bermaslik.
  5. 6.8.
    Sun’iy intellekt vositalaridan faqat Ijrochi tavsiya qilgan tartibda foydalanish.

7.Intellektual mulk

  1. 7.1.
    Dastur materiallari — videodarslar, shablonlar, topshiriqlar va metodik tavsiyalar — Ijrochining intellektual mulki hisoblanadi.
  2. 7.2.
    Buyurtmachi materiallardan faqat shaxsiy maqsadda foydalanadi. Ularni uchinchi shaxslarga berish, nusxalash, tarqatish va qayta sotish taqiqlanadi.

8.Odob-axloq cheklovlari

  1. 8.1.
    Ijrochi Buyurtmachi uchun dissertatsiya yozmaydi. Xizmatlar metodik maslahat, tuzilmalash, tahririy tavsiyalar, bosqichma-bosqich nazorat va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
  2. 8.2.
    Ma’lumotlarni soxtalashtirish, soxta manbalardan foydalanish, plagiatni yashirish va nashrlarda mualliflikni sotib olish taqiqlanadi.

9.Shartnomani bekor qilish

  1. 9.1.
    Ijrochi quyidagi hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin:
    • a) Buyurtmachi ushbu ofertaning 8.2-bandini buzsa;
    • b) Buyurtmachi ketma-ket 3 hafta davomida topshiriqlarni bajarmasa va aloqaga chiqmasa;
    • c) Buyurtmachi ushbu ofertaning 7-bo‘limini buzsa.
    Bu hollarda to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.
  2. 9.2.
    Buyurtmachi istalgan vaqtda shartnomadan voz kechishi mumkin. Bunda mablag‘ «Pulni qaytarish» sahifasidagi shartlar asosida qaytariladi.

10.Pulni qaytarish

  1. 10.1.
    Pulni qaytarish shartlari, miqdori va muddatlari «Pulni qaytarish» sahifasida belgilangan. Ushbu sahifa ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

11.Javobgarlik va cheklovlar

  1. 11.1.
    Ijrochi metodika, tizim, reja va bosqichli nazorat sifatini kafolatlaydi.
  2. 11.2.
    Ijrochi dissertatsiya kengashi, Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) va boshqa davlat organlarining qarorlari uchun javobgar emas. Himoya natijasi kafolatlanmaydi.
  3. 11.3.
    Ijrochining ushbu oferta bo‘yicha umumiy javobgarligi Buyurtmachi amalda to‘lagan summadan oshmaydi.

12.Nizolarni hal qilish

  1. 12.1.
    Nizolar avvalo muzokaralar yo‘li bilan 15 kalendar kun ichida hal qilinadi.
  2. 12.2.
    Kelishuvga erishilmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahridagi sudda ko‘rib chiqiladi.

13.Shaxsga doir ma’lumotlar

  1. 13.1.
    Ofertani qabul qilish orqali Buyurtmachi o‘z ism-familiyasi, telefon raqami va shartnomani bajarish uchun zarur boshqa ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik beradi.
  2. 13.2.
    Ma’lumotlar «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq saqlanadi va qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga berilmaydi.

14.Ijrochi rekvizitlari

Ijrochining to‘liq rekvizitlari «Aloqa va rekvizitlar» sahifasida keltirilgan.